So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekiston U21 terma jamoasi Kiev shahriga etib bordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91
Xabaringiz bor, O'zbekiston U21 terma jamoasi 25-29 may kunlari Ukrainada an'anaviy Valeriy Lobanovskiy xalqaro xotira turnirida ishtirok etadi.
Kecha tunda bosh murabbiy Timur Kapadze qo'l ostidagi terma jamoamiz mazkur musobaqada qatnashish uchun Kiev shahriga uchib keldi.
Jamoa delegatsiyasini Toshkent xalqaro aeroportida O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov kuzatib qo'ydi.
U21 terma jamoamiz Kiev shahriga etib kelgach, «Prezident» mehmonxonasiga joylashdi. Bugun kunning ikkinchi yarmida jamoa vakillari dastlabki mashg'ulotlarni o'tkazadi.
Tunis U21 terma jamoasi turnirda ishtirok eta olmasligini ma'lum qilgach, musobaqa formatida o'zgarish yuzaga keldi. Yoshlarimiz endi ozarbayjonlik va ukrainalik tengdoshlariga qarshi guruh uchrashuvlarida maydonga tushadi.
Sovrinli o'rinlar bilan bir qatorda, turnir davomida o'z mahorati va salohiyatini ko'rsata olgan futbolchilarga “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi himoyachi”, “Eng yaxshi yarimhimoyachi” va “Eng yaxshi hujumchi” maxsus sovrinlari topshiriladi.