So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ayanchli mag'lubiyatdan keyin «Lion» bosh murabbiyi ham klubdan ketishini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141
«Lion» bosh murabbiyi Rudi Garsiya lavozimidan ozod etiladigan ko'rinadi.
57 yoshli frantsiyalik Liga 1 38-turida o'z maydonida«Nitstsa»dan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan (2:3) keyin bu haqda e'lon qildi.
Jamoa to'rtinchi o'rinni egallagan holda Chempionlar Ligasi yo'llanmasidan quruq qoldi va Evropa Ligasida o'ynaydi.
"Bugun biz juda xafa bo'ldik. Qo'rqinchli stsenariy. Bu mening klubdagi so'nggi o'yinim edi. Klubni Chempionlar Ligasiga olib chiqib ketmoqchi edim. Sayohat o'z nihoyasiga etdi", — dedi murabbiy.
Rudi Garsiya «Lion» boshqaruvini 2019 yilda o'z qo'liga olgandi. Jamoa 2019/20 yilgi mavsum EChLning yarim finaliga qadar etib bordi va pley-off bahslarida «Yuventus» hamda "Manchester Siti"ni musobaqadan chiqarib yubordi.
Manba: twitter.com/OL