So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Pirlo kelasi mavsum ham jamoada qolishiga ishonmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115
«Yuventus» A Seriyaning 38-turida «Napoli»ning omadsizligidan so'ng Chempionlar Ligasiga yo'l oldi, bu natija Andrea Pirlo uchun nihoyatda quvonchli bo'ldi.
Murabbiy bunday muvaffaqiyatdan so'ng unga klubda ikkinchi mavsum berilishiga ishonmoqda.
«Men har doim harakat qildim va bu katta natija. EChLga chiqish juda muhim edi. Biz Italiya kubogini yutdik va Chempionlar Ligasiga chiqdik.
Keyingi mavsumda ham o'zimni klubda ko'rmoqdaman. Biz erishgan narsamizdan zavq olishimiz kerak.
Ronaldu haqida umumiy qaror bor edi. Men Moratani ayashga qaror qildim. U chorshanba kungi o'yindan keyin charchagan edi.
Jamoamizda ba'zi futbolchilar o'z imkoniyatlarini ham sezmayapti. Futbolchilar o'zlarining qanchalik kuchli ekanligini tushunishlari kerak.
Bu erda menda qo'rquv va bosim bo'lmagan. Jismoniy mashqlar tartibini o'rnatish uchun biroz vaqt ketdi. Futbolchilarga esa ko'nikish uchun. Ular mening talablarimni tushunishlari kerak edi. Shuncha chempionlik bilan o'ynash oson bo'lmaydi. Mavsum yomon o'tmadi», - deydi Pirlo.