So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Gattuzo «Napoli»ni tark etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122
«Napoli» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo o'z lavozimini tark etadigan bo'ldi.
Klub prezidenti Aurelio De Laurentis Tvitter orqali murabbiy bila xayrlashdi:
«Qadrli Rino, sen bilan deyarli ikki mavsum davomida ishlash maroqli bo'ldi. Mehnatlaring uchun rahmat. Qaysi jamoaga yo'l olishingdan qat'iy nazar, senga omad tilayman. Farzandlaringni quchib qolaman».
«Napoli» Italiya chempionatining so'nggi turida «Verona» bilan durang o'ynab, Evropa chempionlar ligasi yo'llanmasidan quruq qoldi. Neapolliklar kelasi mavsumda Evropa ligasida ishtirok etishadi.
Gattuzo 2019 yilning dekabr oyida «Napoli»ni qabul qilib olgan edi. Jamoa uning qo'lostida o'tgan mavsumda ettinchi, joriy mavsumda esa beshinchi o'rinni egalladi.