So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Levandovski Yurgen Klopp va Karlo Anchelotti haqida iliq fikrlar gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140
«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski faoliyati davomida birga ishlagan murabbiylar orasidan Yurgen Klopp va Karlo Anchelotti haqida iliq fikrlarni aytib, bo'lajak murabbiyi Yulian Nagelsmann borasida ham to'xtaldi.
«Yurgen Klopp — har bir futbolchi uchun otadek bo'lishga intiladi. U – motivator, har doim seni qo'llab-quvvatlashga tayyor turadi. Karlo Anchelotti esa amaking yoki tog'angdek yaqin bo'lishga intiladi. U har doim suhbatga ochiq va yordam berishga tayyor. Karlo futbolchi uchun nima muhimligini ruhshunos kabi yaxshi tushunadi.
«Bavariya»ning bo'lajak bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann bilan hali gaplashganimiz yo'q. Uni shaxsan tanimasamda, Yulianni yaxshi mutaxassis deb bilaman. O'ylaymanki, u istalgan klubni eng yuqori darajasiga olib chiqa oladi. U qaerda ishlamasin, o'z darajasidan baland sakray olgan murabbiy. Uni yaxshi taktik deb bilaman», - deydi myunxenliklarning polshalik forvardi Sportweek bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Levandovski Klopp qo'l ostida «Borussiya» Dortmundda to'p surgan bo'lsa, Anchelotti bilan «Bavariya»da birga ishlagan.