So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Benzema terma jamoaga qaytgandan keyin liboslar sotuvi bo'yicha o'sish kuzatildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164
«Real» hujumchisi Karim Benzemaning olti yil ichida ilk bor Frantsiya terma jamoasiga chaqirilishi milliy jamoa liboslari sotuviga ta'sir ko'rsatdi. Marca nashrining yozishicha, frantsuzlarning Evropa chempionatida ishtirok etadigan tarkibi e'lon qilinganidan so'ng terma jamoa liboslari sotuvi 2400 foizga o'sdi.
Nashrning qayd etishicha, Benzema tufayli frantsuzlarning liboslari Evro-2020 oldidan barcha jamoalar ichida eng ko'p sotilgan libosga aylanishi mumkin.
Terma jamoada marketing nuqtai nazaridan eng jozibador futbolchilar hisoblanuvchi Kilian Mbappe va Antuan Grizmannlar ham to'p suradi, deyiladi gazeta maqolasida.
Karim Benzema 18 may kuni Frantsiya terma jamoasiga chaqirildi. U terma jamoa safida oxirgi marta 2014 yilgi jahon chempionatida qatnashgandi.
Bir yildan keyin esa terma jamoadan chetlashtirilgan.