So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Pokiston terma jamoasi futboldan chetlatildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153
Bugun Syurix shahrida FIFAning 71-kongressi bo'lib o'tdi. Videoanjuman shaklida o'tkazilgan kongressda O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hamda bosh kotib Avaz Maksumov ishtirok etdi.
FIFA prezidenti Janni Infantino kongressni kirish nutqi bilan ochib berdi. Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan qiyin vaziyatda ham mahalliy va xalqaro futbol uchrashuvlarini tashkil etishga harakat qilganligi uchun FIFA rahbari barcha a'zo assotsiatsialarga minnatdorchilik bildirdi.
Kongress davomida Xalqaro Olimpiya qo'mitasi raisi Tomas Bax ham nutq so'zladi. U pandemiya davrida sport turlari orasida birinchilardan bo'lib yana avvalgi mavqeyini tiklab olgan, xalqaro musobaqalarni o'tkazishda namuna bo'lganligi uchun FIFAga tashakkur bildirib o'tdi.
Kun tartibiga ko'ra FIFA tomonidan 2020 yilgi mavsumda amalga oshirilgan ishlar va ularning moliyaviy yillik hisobotlari tinglandi va delegatlar tomonidan FIFAning 2022 yilgi byudjeti tasdiqlandi.
Shuningdek, FIFA nizomiga o'zgartirish kiritish, ushbu nizomni qo'llashni tartibga soluvchi qonun-qoidalar va Kongressning doimiy buyruqlariga o'zgartirish kiritish bo'yicha takliflar bo'yicha ovoz berish jarayoni o'tkazildi.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Kongressi tashkilotning Pokiston futbol federatsiyasi (PFF) faoliyatini qonunni buzganligi sababli to'xtatib turish to'g'risidagi qarorini ma'qulladi. Bu haqda Doon gazetasi FIFA matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.
Ularga ko'ra, FIFAning 71-Kongressidagi 207 ishtirokchidan 203 nafari ovoz bergan, bittasi qarshi va uchtasi betaraf bo'lgan.