So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Benzema – Onze Mondial talqiniga ko'ra Evropaning eng yaxshi futbolchisi (top-10)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119
«Real» hujumchisi Karim Benzema Frantsiyaning Onze Mondial jurnali talqiniga ko'ra Evropada 2020/21 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Barcha turnirlar doirasida 29ta gol va 8ta golli uzatmani o'z hiobiga yozdirib qo'ygan 33 yoshli frantsuz ilk bor ushbu nominatsiyada g'olib bo'ldi.
Benzema 47,3% ovoz to'plab, «Barselona» hujumchisi Lionel Messi (20,1%) va «Bavariya» forvardi Robert Levandovskini (11.3%) ortda qoldirdi.
Shuningdek, top-10dan quyidagi futbolchilar o'rin olishdi:
4. Kilian Mbappe («PSJ», 10,3%)
5. Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted», 3,5%)
6. Krishtianu Ronaldu («Yuventus», 3,2%)
7. Yozua Kimmix («Bavariya», 1,5%)
8. Erling Holand («Borussiya» Dortmund, 1%)
9. Romelu Lukaku («Inter», 0,8%)
10. Ilkay Gundogan («Manchester Siti», 0,7%).