So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Toshkentda Xalqaro og'ir atletika federatsiyasining Ijroqo'm yig'ilishi o'tkazildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89
Yana 2 kundan so'ng Toshkentda og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionati start oladi.
Bugun mazkur musobaqa oldidan Xalqaro og'ir atletika federatsiyasining Ijroqo'm yig'ilishi bo'lib o'tdi. Uning asosiy masalalari onlayn formatda olib borildi.
Unda tashkilot Bosh kotibi Muhammad Jalud, O'zbekiston og'ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o'rinbosari, Osiyo og'ir atletika federatsiyasining vitse-prezidenti Shahrullo Mahmudov va tashkilotning boshqa mutasaddilari ishtirok etishdi.
Kun tartibiga muvofiq yig'ilishda Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari tsiklining yakunlanishi, bu yil kattalar o'rtasida o'tadigan jahon chempionati mezbonining o'zgarishi va 2 kundan so'ng start oladigan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik masalalari ko'rib chiqildi.
Ertaga hakamlar qo'mitasining yig'ilishi ham o'tkaziladi. Shundan so'ng 23 may kunidan boshlab bellashuvlarga start beriladi va u 31 may sanasiga qadar davom etadi.