So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
OFK Kubogi. "Nasaf" - "Oltin Asr"ni mag'lub etib guruhda birinchi o'rinda yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131
OFK Kubogi guruh bosqichi o'z yakuniga etdi. 3-turdan o'rin olgan uchrashuvda "Nasaf" Turkmanistonning "Oltin Asr" klubiga qarshi maydonga tushdi. O'yin vakillarimizning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab, 27-daqiqada Shohmalik Komilov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Oradan ko'p o'tmay, Xusayn Norchaev bosh bilan yo'llagan aniq zarbasi orqali hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdi.
Shu tariqa, guruhdagi barcha o'yinlarda g'alaba qozongan "Nasaf" 9 ochko bilan keyingi bosqichga yo'l oldi. Ikkinchi pog'onadagi "Oltin Asr" hisobida 4 ochko mavjud.
Gollar: Shohmalik Komilov 27 penalti, - 1:0. Husayin Norchaev 35, - 2:0 (Sherzod Nasrullaev).
"Nasaf": 35. Abduvohid Ne'matov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G'olib G'aybullaev (70. Abubakr Rizo Turdialiev, 66), 19. Husayin Norchaev, 20. Suhrob Nurulloev (8. Dilshod Saitov, 66), 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullaev (3.Ja'farjon Karimov, 79), 50. Shohmalik Komilov (14. Shokir Yo'ldoshev, 66), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoevich (28. Sardor Sadullaev, 79), 92. Umar Eshmurodov.
Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 15. Jo'rabek Mannonov, 25. Muxriddin Zoirov, 55. Shahzod Akramov, 71. Jasur Jumaev.
"Oltin Asr": 16.Dovletmuhammet Jallatov, 2.Zafar Bobojonov, 4. Mekan Saparov (9.Begenchmurat Murodov, 46), 5.Guychmurat Annaguliev, 8.Ahmet Ataev, 10.Rahman Muratberdiev (3.Selim Ataev, 66), 18.Furqat Tursunov, 19.Begench Akmamedov (17.Murat Annaev, 46), 20.Begmurat Bayov (11.Shamammet Xidirov, 46), 21.Vezirgeldi Ilyasov (7.Altimurat Annadurdiev, 57), 22.Rovshangeldi Halmammedov.
Zaxira: 23.Dovletyar Berdiev, 12.Ilyos Toyjanov, 13.Mixail Titov, 24.Gurbangeldi Batirov, 27.Velmurat Ballakov.
Ogohlantirishlar: Mekan Saparov 44, Guychmurat Annaguliev 58, Sardor Sadullaev 85.
Chetlatish: Furqat Tursunov 55