So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Zyule faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123
«Bavariya» himoyachisi Niklas Zyule faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
25 yoshli nemisning xizmatlariga «Chelsi» qiziqmoqda.
Avvalroq, myunxenliklar Niklasning sotuvi bo'yicha to'liq ko'rib chiqishlari mumkinligi haqida xabar berilgandi. Klubda o'yinchiga jismoniy tayyorgarlik bo'yicha beradigan savollar mavjud.
Zyule 37 mln evroga baholanmoqda, uning «Bavariya» bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Futbolchining xizmatlariga «Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxelning shaxsan o'zi qiziqmoqda. O'yinchining o'zi dastlab Evropa chempionatida ishtirok etishni istayotgani va kelajagi haqida keyinroq qaror qabul qilishini ma'lum qilgan.
Zyule joriy mavsum Bundesliganing 20 o'yinida bitta gol urgan va bir marotaba ogohlantirilgan.
Manba: Abendzeitung München