So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Levi: "Bu yig'ilgan jamoadan umidimiz katta edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127
«Tottenxem» rahbarlaridan biri Deniel Levi «shporlar» muxlislariga murojaat qildi. Levi klubning 2020/2021 yilgi mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklari haqida gapirdi.
«Maydonda biz muxlislar umidlarini oqlay olmaganimiz aniq. 2019 yilda Chempionlar Ligasi finalida mag'lub bo'lganimizdan beri biz yangi futbolchilarga taxminan 250 million funt sarmoya kiritdik. Bu yig'ilgan jamoadan umidimiz katta edi.
Dekabr oyida biz Premer-ligada birinchi o'ringa ko'tarilgandik, afsuski, muvaffaqiyatni ushlab qolishning iloji bo'lmadi.
Keyinchalik Liga kubogi finaliga chiqdik, ammo «Manchester Siti»ga yutkazdik. Shuningdek, Evropa Ligasidagi muvaffaqiyatsizliklar...
Ammo, ushbu muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, biz hali ham Evro zonalarda qatnashish imkoniyatini unutmasligimiz kerak», - deya Levining so'zlarini keltiradi «Tottenxem» matbuot xizmati.