UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bobur Abduxoliqov «Rux» bilan shartnomani bekor qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97
Shu yilning fevral oyida Ukrainaning "Rux" klubi bilan shartnoma imzolagan Bobur Abduxoliqov, oradan roppa-rosa 3 oy o'tib jamoa bilan xayrlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, "Rux" va o'zbekistonlik hujumchi o'zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishgan. 24 yoshli futbolchi uch oylik faoliyati davomida "Rux"ning asosiy jamoasida debyut qilishga ulgurmadi. U yoshlar jamoasi safida 6ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol muallifiga aylandi.
Ukrainaliklar Abduxoliqovning iltimosiga binoan shartnomani bekor qilishdi.
Eslatib o'tamiz, Bobur "Rux" safiga erkin agent sifatida qo'shilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!