So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Kovach jahonning eng kuchli futbolchisini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 281
«Monako» ustozi Niko Kovach Frantsiya kubogi finalida jamoasining mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.
«Avvalo, men PSJni munosib g'alaba bilan tabriklayman. O'yin boshida biz uchun biroz xavfsirash bor edi, chunki bu biz uchun ushbu tarkib bilan qatnashayotgan birinchi final.
PSJ esa bunday uchrashuvlarda katta tajribaga ega. Ehtimol, uchrashuv boshida biz raqibimizga haddan tashqari katta hurmat bilan qarab yuborgandirmiz.
Umuman olganda, men futbolchilarimga ular bilan faxrlanishimni aytdim. Biz butun mavsum davomida yaxshi ishladik va Frantsiya kubogi finaliga chiqish biz uchun katta yutuq.
Uchrashuvdagi Mbappening harakatlarini alohida ta'kidlash lozim. Men uni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb bilaman. U qarama-qarshilik natijasini deyarli bir o'zi hal qildi.
Uning o'yiniga qarab, nega ko'plab klublar uni sotib olishni xohlayotganini tushunasiz», - deya Kovachning so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.