So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Superliga. «Paxtakor» safarda «Qizilqum»ni bazo'r engdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100
O'zbekiston Superligasining 9-turidan o'rin olgan o'yinda «Paxtakor» 19 may, chorshanba kuni «Qizilqum» maydoniga safar qildi.
Uchrashuv taqdirini hal qilib bergan yagona gol 62-daqiqada Dragan Cheran tomonidan kiritildi. Ushbu gol evaziga «sherlar» safardan uch ochko bilan qaytadigan bo'ldi.
«Paxtakor» mazkur g'alabadan keyin ochkolarini 22 taga etkazdi va birinchi o'ringa qaytdi. «Qizilqum» esa 10 ochko bilan 10-o'rinda bormoqda.
Superliga, 9-tur
19 may, chorshanba
«Qizilqum» — «Paxtakor» 0:1
Gol: 0:1 — 62 Cheran.
«Qizilqum»: 1. Ignatiy Nesterov 6. Erkin Boydullaev 7. Oybek Qilichev 8. Giorgi Kuhianidze 10. Mate Vatsadze 14. Fayzullo Qambarov 18. Jasur Azimov (23. Sherali Jo'raev, 71) 19. Jamshid Hasanov (9. Behruz Sa'dullaev, 49), 20. Islom To'xtaxo'jaev 21. Muhsinjon Ubaydullaev 75. Oleg Tolmasov.
«Paxtakor»: 35. Sanjar Quvvatov 3. Hojiakbar Alijonov 5. Anzur Ismoilov 9. Eren Derdiyok (99. Po'latxo'ja Xoldorxonov, 87) 10. Dragan Cheran 18. Hojimuhammad Erkinov (6. Ibrohimxalil Yo'ldoshev, 87), 19. Sharof Muhiddinov (14. Humoyunmirzo Iminov, 72) 21. Abrorbek Ismoilov 23. Sherzod A'zamov 28. Diyor Xolmatov (8. Azizbek Turg'unboev, 72), 34. Farrux Sayfiev.