So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Lutfulla To'raev va Murod Xolmuhammedov o'rniga MTJ yig'iniga «Nasaf» futbolchisi taklif etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113
Iyunda o'tkaziladigan JCh-2022 saralashi doirasida markazlashgan turnirga tayyorgarlik davom etmoqda. Klublar miqyosida bo'lib o'tayotgan uchrashuvlar natijasiga ko'ra murabbiylar shtabi kengaytirilgan ro'yxatga o'zgartirishlar kiritishyapti.
Avval chaqiruv olgan Lutfulla To'raev hamda Murod Xolmuhamedov yig'inda ishtirok etmaydigan bo'lishdi.
Hozirda "Nasaf" klubi safida OFK kubogida muvaffaqiyatli o'ynayotgan Husniddin Aliqulov esa terma jamoaga chaqirildi. U klubi bilan safardan qaytgach yig'inga qo'shiladi.
Milliy jamoaga nomzodlar ertaga kunning ikkinchi yarmida Toshkent shahrida «COVID-19» uchun test topshirishadi. Shundan so'ng ularning jismoniy holati ko'zdan kechiriladi. 21 may kuni jamoa Toshkent viloyati Bo'stonliq tumaniga yo'l oladi. Bo'lajak safar oldidan karantin qoidalariga to'liq rioya qilish maqsadida mashg'ulotlar yopiq tarzda o'tkazilishi rejalashtirilgan.