So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Bayer"ga kim murabbiy bo'lishi oydinlashmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138
Germaniyaning “Bayer” klubiga yangi bosh murabbiy olib kelinadi. Yangi mavsumda “Bayer”ga hozirgi kunda “Yang Boyz”ga ustozlik qilayotgan Xerardo Seoane tayinlanishi mumkin. Shartnomaga ko'ra 42 yoshli shveytsariyalik mutaxassis “Bayer” bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi.
Eslatib o'tamiz, mart oyi oxirida “Bayer” Piter Boschni bosh murabbiylik lavozimidan bo'shatgandi. Keyin esa Germaniya U-19 terma jamoasining sobiq ustozi Xannes Volf mavsum oxirigacha vaqtincha murabbiylik vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.
Bundesliganing 33 turidan so'ng, “aspirinchilar” 52 ochko bilan turnir jadvalining oltinchi pog'onasida borishmoqda.
“Bayer” Germaniya chempionatining so'nggi tur uchrashuvini 22 may kuni Dortmundning “Borussiya” jamoasiga qarshi o'tkazadi.