So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
“Lester” hujumchisi Kelechi Iheanacho APLda antiqa rekord qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108
“Lester” Angliya Premer Ligasining 37-turida 18-may, seshanba kuni “Chelsi”ga qarshi bahs olib bordi. “Stemford Brij”da bo'lib o'tgan o'yinda mezbonlar 2:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi.
“Tulkilar”ning ushbu o'yindagi yagona goliga Kelechi Iheanacho muallif bo'ldi. Bu orqali nigeriyalik futbolchi Premer Liga 2020/21-yilgi mavsumida haftaning har bir kunida gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bunaqasi APL tarixida ilk bor kuzatildi.
“Lester” (66 ochko) ushbu mag'lubiyatdan keyin “Chelsi”ni (67) oldinga qo'yib yuborib, 4-o'ringa tushib qoldi. So'nggi turda jamoa “Tottenhxem”ga qarshi o'ynaydi. Bitta zaxira o'yiniga ega “Liverpul” hisobida 63 ochko bor.
Iheanacho Angliya chempionatining joriy mavsumida 24 o'yin o'tkazib, 12 ta gol va ikkita golli uzatma muallifiga aylandi.