So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
APL. Chempion "Manchester Siti" safarda mag'lubiyatga uchradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168
Angliya chempionatining 37-turida muddatidan avval chempionlikni qo'lga kiritgan «Manchester Siti» mehmonda «Brayton» bilan bahs yuritdi. Unda mezbonlar ikki to'p farqini yo'qqa chiqarib, irodali g'alabaga erishishdi. Gundo'g'an va Fodenning gollariga Trossard, Uebster hamda Byorn javob berishdi. E'tiborlisi, bellashuvning 10-daqiqasida «shaharliklar» himoyachisi Kanselu qizil kartochka oldi.
«Man Siti» 83 ochko bilan 1-o'rinda qoldi. «Brayton» 41 ochko bilan 15-pog'onaga ko'tarildi.
APL, 37-tur
Brayton — Manchester Siti 3:2
Gollar: Trossard (50), Uebster (72), Byorn (76) — Gundogan (2), Foden (48).
Brayton – Sanches, Uayt, Byorn, Uebster, Gross, Mak Allister, Bissuma, Alsate (Zekiri, 65), Moder, Jahonbaxsh (Lallana, 49), Uelbek (Trossard, 29).
Manchester Siti – Ederson, Kanselu, Stounz, Diash, Zinchenko, Foden, Gundogan (Fernandino, 56), Torres (Erik Garsiya, 15), Silva (Jezus, 77), Mahrez, Rodri.
Ogohlantirishlar: Jahonbaxsh (27), Silva (73), Rodri (79), Fernandino (82), Uebster (90+3), Sanches (90+5).
Chetlatish: Kanselu (10).