So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Madrid sudi FIFA va UEFA ustidan shikoyat kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114
Madrid shahridagi 17-sonli sud aprel oyida Evropa superligasini tashkil qilinishiga FIFA va UEFA to'sqinlik qilmasligi uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqqan edi. Sud mazkur organlar o'z vazifasini suiste'mol qilmasligini istamoqda.
Shu bois, Madrid sudi Evropa ittifoqiga murojaat qilib, 6ta masalaga oydinlik kiritishni so'radi. Ya'ni FIFA va UEFAning mustaqil musobaqa tashkil qilmoqchi bo'lgan klublarga to'sqinlik qilishi yoki ularga nisbatan jazo chorasini qo'llashi qanchalik to'g'ri qonunlarga mos kelishini so'radi.
Sudning ta'kidlashicha, bu ikki tashkilot musobaqa tashkil etishda monopoliya o'rnatib olgan. Bu esa bozor iqtisodiyoti qonunlariga zid hisoblanadi. Xususan, FIFA nizomining 22-bandida tashkilotning roziligisiz xalqaro musobaqa tashkil etilmasligini nazorat qilish mahalliy konfederatsiyalar zimmasiga yuklatilgan. Ushbu qoida UEFA nizomining 49-51-bandlarida ham takrorlanadi.
Shu sababli, sud Evropa ittifoqidan mazkur monopoliyaga qarshi chora qo'llashni talab qildi hamda barchasi erkin raqobat asosida tashkil qilinishini istamoqda.