So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Tanishing: UEFA tasnifida yangi turnir!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 181
Yangi musobaqa tashkil etildi – Konferentsiya Ligasi. Ushbu musobaqa 2018 yilning dekabr oyida tasdiqlangan edi, ammo Evropa kuboklaridagi ayrim o'zgarish va islohotlar tufayli biroz muddatga to'xtatilgandi.
Konferentsiya Ligasi Chempionlar Ligasi va Evropa Ligasidan keyingi uchinchi turnir bo'lib, unda har doim EChL va Evropa ligasida qatnashib hech qanday natija qayd etolmaydigan klublar ishtirok etadi.
2021/22 yilgi mavsumdan boshlab Konferentsiya Ligasi saralashi bo'lib o'tadi. Bu turnir Evropaning barcha musobaqalari orasida eng uzuni hisoblanadi. Hammasi bo'lib – 286ta uchrashuv bo'lib o'tadi.
Yangi musobaqa Chempionlar Ligasi va Evropa Ligasi aralashmasiga o'xshaydi:
• Guruh bosqichida 32ta jamoa.
• guruh bosqichi 6 turdan iborat.
• Guruh g'oliblari – to'g'ridan-to'g'ri 1/8da qatnashadi.
• Final – Albaniyaning Tirana shahrida joylashgan «Arena Combetare» stadionida bo'lib o'tadi.
Ushbu saralash o'yinlarida Irlandiya, Moldova, Albaniya, Finlyandiya va boshqa mamlakatlarning 32dan 50gacha bo'lgan eng yaxshi jamoalari qatnashadi.
Ushbu musobaqada kichik mamlakatlarning imkoniyatlari juda katta. Chunki Chempionlar Ligasining birinchi yoki ikkinchi saralash bosqichlarida mag'lub bo'lganlar 15dan 51gacha bo'lgan klublar bu erdagi Chexiya, Kipr, Shveytsariya, Gretsiya va Serbiya kabi davlatlarning jamoalari bilan bellashadi.
Konferentsiyalar Ligasida kuchli Top 5 chempionatlarning oltinchi – ettinchi jamoalarni qatnashishi ham mumkin. Ular guruh bosqichidan oldingi saralash bosqichidan o'yinlarga qo'shilishadi.
Guruh bosqichidagi uchrashuvlar Evropa Ligasi guruh bosqichi bilan bir kunda o'tkaziladi. Aftidan, bu o'yinlar sonining ko'payishi tufayli traslattsiyalar uchun muammo tug'dirishi mumkin, lekin shunday qilinmasa boshqa musobaqalarga xalaqit berib qolishi mumkin.
2021/22 yilning yozidan boshlab Konferentsiya Ligasining barcha uchrashuvlariga start beriladi(286 uchrashuv).