So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Shimoliy Koreya navbatdagi nufuzli turnirda o'ynashdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143
Shimoliy Koreya 2022 yilda Qatarda o'tadigan futbol bo'yicha jahon chempionatining saralash bosqichida ishtirok etishdan voz kechdi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi ma'lum qildi.
Shimoliy Koreya terma jamoasi H guruhida ishtirok etgan va 5ta o'yinni o'tkazishga ulgurgandi. Ushbu guruhda, shuningdek, Janubiy Koreya, Livan, Shri-Lanka va Turkmaniston o'ynaydi. Guruhdagi joriy vaziyatga ko'ra, Shimoliy Koreya 8 ochko bilan 4-o'rinni egallayotgandi, Turkmaniston esa peshqadam bo'lib turibdi.
Endilikda ushbu holat FIFA tashkiliy qo'mitasida ko'rib chiqiladi. Bu bilan bog'liq holda N guruhidagi o'yinlar jadvalida yuz beradigan o'zgarishlar haqida keyinroq ma'lum qilinadi.
Avvalroq Shimoliy Koreya koronavirus bilan bog'liq xavotir sababli Tokio Olimpiadasida ishtirok etishdan bosh tortgandi.