So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
MOQ rahbariyati musobaqadan so'ng engil atletikachilarimiz bilan uchrashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 93
Xabar berganimizdek, kecha poytaxtimizda engil atletika bo'yicha xalqaro xotira turniri bo'lib o'tdi. Mazkur musobaqadan so'ng MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov va uning birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov sportchilarimiz bilan uchrashishdi.
O'zbekiston engil atletika federatsiyasi bazasida o'tgan suhbatda federatsiya raisi Andrey Abduvaliev, uch hatlab sakrash ustasi Ruslan Kurbanov hamda uzunlikka sakrovchi Javohir Noriev ishtirok etishdi.
Suhbat davomida MOQ rahbariyati Olimpiya o'yinlari litsenziyalariga da'vogarlik qilayotgan sportchilarimizning holati, kayfiyati, oilaviy sharoitlari bilan yaqindan tanishdi, ularning ijtimoiy sharoiti, maqsadlari haqida suhbatlashishdi.
Ta'kidlash joiz, har ikki atletimiz ham ancha yuqori bo'lgan Tokio-2020 normativlarini hozircha bajarishgani yo'q. Biroq unga juda yaqin kelishgani bois, ularning reyting orqali litsenzion hududga kirish ehtimoli baland.
Mutasaddilar Olimpiada tsikli yakunlanguncha qaysi musobaqalarda ishtirok etishlari, tayyorgarlik rejalari xususida batafsil gaplashishdi. Yakunda MOQ rahbariyati hukumatimiz tomonidan atletlarimizning har tomonlama qo'llab-quvvatlanayotganlarini aytib, ularning kelgusi faoliyatida omad tilab qolishdi.
Manba: @OlympicUz