So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Levandovski: "Bir paytlar imkonsiz bo'lib tuyulgan maqsadga erishdim'
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95
«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski o'zining ajoyib yutug'i haqida fikr bildirdi.
«Men bir paytlar imkonsiz bo'lib tuyulgan maqsadga erishdim. «Bavariya» tarixini yaratayotganimdan va Gerd Myuller singari afsonalar izidan yurib, muxlislar o'z farzandlariga aytadigan voqeada qatnashayotganimdan nihoyatda xursandman.
Shaxsiy rekordlar futbolda faqatgina jamoadoshlar tufayli amalga oshiriladi va men ularga va «Bavariya»ning barcha xodimlariga minnatdorchilik bildiraman.
Men har doim o'zimdan ko'proq narsani kutaman va yangi chegaralarni engib o'tishni xohlayman. Bu mening yo'lim. Menga ishonganingiz uchun tashakkur", - deb yozdi futbolchi o'zining Instagram sahifasida.
Bundesliganing joriy mavsumida 32 yoshli hujumchi 28 uchrashuvda 40 gol urishga muvaffaq bo'ldi.