So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Arsenal» o'z futbolchisi transferi bo'yicha takliflar kutishni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 102
London klubi Villian bilan xayrlashishga qarshi emas.
Klub rahbariyati agar qiziqarli taklif tushsa, yarim himoyachini qo'yib yuborishi mumkin. Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, 32 yoshli pleymeyker uchun ham Evropa, ham Amerika bozorida talabgorlar mavjud.
Villian o'tgan yozda Devid Bekxemning taklifi bilan «Inter Mayami»ga o'tishi mumkin edi. Hatto, ikki yil oldin Villian «Real»ning ham e'tiboriga tushgan.
Villian so'nggi etti yil davomida APLda - «Chelsi» va «Arsenal» safida to'p tepgan. Braziliyalik futbolchining bungacha bo'lgan faoliyati «Anji», «Shaxtyor» va «Korintians» jamoalari bilan bog'lanadi.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum futbolchi «Arsenal» safida barcha musobaqalarda 36 o'yin o'tkazib, 1 gol va 7 golli uzatma muallifiga aylangan.
Manba: eurofootball.ru