So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Tottenxem" murabbiyi: "Keyn bunga munosib"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123
"Tottenxem" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Rayan Meyson hujumchi Harri Keyn haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Mening kamtarin fikrimcha, Harri bu mavsumda APLning eng muhim futbolchisi bo'lishi mumkin. U hozirda to'purarlik jadvalini Saloh bilan bo'lishib turibdi (21 gol). Bundan tashqari u eng ko'p golli uzatmaga ega. Shuning uchun agar sovrin chempionatning eng yaxshi futbolchisiga berilsa, u holda Harri ro'yxatda bo'lishi kerak va bunga munosib.
So'nggi 5-6 yil ichida Keyn doimiy ravishda ligada yuqori o'rinlarni egallab kelgan va bu yil ham bundan farq qilmaydi. U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri, buni hammamiz bilamiz. Va bu mavsumda u, ehtimol, eng yaxshi statistikani ko'rsatdi", - deydi Meyson.
Ma'lumot uchun, 27 yoshli hujumchi joriy mavsum 32 ta liga o'yinlarida maydonga tushib, 21 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.