So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Kellini: "Bu mavsum falokat emas, ammo barqarorlikda oqsadik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99
«Yuventus» himoyachisi Jorjo Kellini Italiya chempionati doirasidagi «Inter»ga qarshi bahsdan (3:2) keyin o'z fikrini bildirdi.
"Qiyin jangda Italiyaning eng yaxshi jamoasidan ustun keldik. Mavsum davomida bizga etishmagan jihat - jamoaviy o'yin ko'rsatdik. «Inter» futbolchilarini chempionlik bilan tabriklayman.
Hakamlik haiqda bir nima deya olmayman. Maydonda hammaning o'z fikri bor, ammo biz hech narsani o'g'rilamadik.
Chorshanba kuni Italiya kubogi finalida o'ynaymiz. Ushbu sovrin qanchalik muhim ekanligini bilamiz. Biz hali «Atalanta»ga o'xshab Chempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritganimiz yo'q.
Bu mavsum falokat emas, ammo barqarorlikda oqsadik. Chempionatda ketma-ket uchtadan ko'p o'yinda g'alaba qozona olmadik", — dedi Kellini.
Manba: Football Italia