So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Tuxel: "O'ylashimcha, biz g'alabaga haqliroq edik, ammo..."
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel Angliya kubogi finalida “Lester”ga (0:1) uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.
“Mag'lubiyatdan xafamiz, lekin yigitlar ko'rsatgan o'yinga hech qanday e'tirozim yo'q.
O'ylashimcha, biz g'alabaga haqliroq edik. Shunchaki omadimiz kelmadi. Bunday saviyadagi o'yinlarda omad ham kerakligini yashirmaganman.
Biz yaxshi himoyalandik, yaxshi qarshi hujumlar tashkil etdik, Evropada qarshi hujumlardan samarali foydalan oladigan eng yaxshi jamoaga o'z uslubida harakat qilishga imkon bermadik. O'zimiz yaratgan vaziyatlarni golga aylantirishda biroz shoshqaloqlikka yo'l qo'ydik.
Ikkinchi bo'limda ham o'yin nazoratini o'zimizda saqlab qola oldik. Ammo yo'q joydan gol o'tkazib yubordik. Fantastik gol va o'ta omadli zarba. Hisobni tenglashtirish uchun imkoniyat bo'ldi. Meyson ofsayd chegarasida edi. Umuman bugun bizga shunchaki bizga omad etishmadi”, dedi Tuxel.