So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
A seriya. «Milan» bugun «Yuventus»ni EChL yo'llanmasidan mahrum etadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 261
Italiya chempionati yakunlanishi arafasida ba'zi savollarga javob topildi. Masalan, "Inter" chempionga aylangan bo'lsa, "Atalanta" Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
EChLning qolgan 2ta yo'llanmasi uchun 3ta klub da'vogarlik qilmoqda. "Yuventus" kecha "Inter" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z ochkolarini 75taga etkazib oldi. Shuncha ochko to'plab turgan "Milan" esa 37-tur bahsini bugun o'tkazadi. 5-pog'onadagi "Napoli" hisobida esa 73 ochko mavjud.
1 | Inter | 37 | 27 | 7 | 3 | 84-34 | 88 | |
2 | Atalanta | 37 | 23 | 9 | 5 | 90-45 | 78 | |
3 | Milan | 36 | 23 | 6 | 7 | 72-41 | 75 | |
4 | Yuventus | 37 | 22 | 9 | 6 | 73-37 | 75 | |
5 | Napoli | 36 | 23 | 4 | 9 | 83-40 | 73 |
"Rossoneri" bugun "Kalyari" ustidan g'alaba qozonsa, o'z ochkolarini 78taga etkazadi va Evropa chempionlar ligasi yo'llanmasini naqd qiladi. Chunki, bunday holatda "Milan" "Yuventus"dan 3 ochkoga ilgarilab ketadi. Mavsum tugashiga bir tur qolganida "Yuve" raqibiga eta olmaydi.
A seriya reglamentiga ko'ra, ikki yoki undan ko'p jamoaning ochkolari teng kelib qolganda, avvalo o'zaro o'yinlardagi natija inobatga olinadi. "Milan" birinchi davrada Pirlo jamoasiga 1:3 hisobida yutqazgan bo'lsa, ikkinchi davrada Turinda 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Shu bois, o'zaro o'yindagi ustunlik milanliklar tomonida.
"Atalanta" hozirda 78 ochko to'plab turganini inobatga olsak, go'yoki mavsum so'ngida "Atalanta", Yuventus" va "Milan" klublarining ochkolar teng kelib qolishi ehtimoli bordek. Agar shunday bo'lsa, 3 jamoaning o'zaro o'yinlaridagi ustunlik "Atalanta" va "Yuventus" tomonida ("Milan" "Atalanta" bilan bahsda yutqazgan, "Yuve" esa "Atalanta" bilan bahslarda bir ochko to'plagan). Ammo...
Ammo so'nggi turda "Atalanta" va "Milan" jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi. Bu esa "keksa sinora"ning umidlarini chippakka chiqaradi. Bu o'yinda "rossoneri" g'alaba qozonsa yoki durang o'ynasa, tabiiyki, A seriyada 2-o'rinni band etadi. Bergamoliklar g'alaba qozongan taqdirda esa "Yuventus" so'nggi turda "Bolonya"ni mag'lub etib, "Milan"ga etib olishi mumkin, biroq yuqori aytib o'tganimizdek, o'zaro o'yinga ko'ra raqibidan o'tib keta olmaydi.
Shu bois, agar Pirlo jamoasi bugun "Kalyari"ni mag'lub etsa, Chempionlar ligasi yo'llanmasini naqd qiladi. "Yuventus" esa "Napoli"ning qolgan 2ta o'yinda ochko yo'qotishiga umid qiladi (Neapol shahri jamoasi bugun "Fiorentina" bilan, so'nggi turda "Verona" bilan to'qnash keladi). Aks holda Ronaldu va uning jamoadoshlari kelgusi mavsumda Evropa ligasida ishtirok etishga majbur bo'ladi.