So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Eldor Shomurodov mavsumda yodda qolgan goli qaysi ekanini aytdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132
"Jenoa" hujumchisi Eldor Shomurodov "Atalanta"ga qarshi bahsdan so'ng (3:4) klub matbuot xizmatiga intervyu berdi. Ushbu o'yinda o'zbekistonlik hujumchi zaxiradan maydonga tushib dublga erishdi.
— Bugun zaxiradan maydonga tushib darhol gol urdingiz, o'yinga juda yaxshi qo'shilib ketdingiz...
— Ha, maydonga tushishdan oldin murabbiy menga aytgan ko'rsatmalarni bajarishga urindim xolos.
— A Seriyadagi debyut mavsumda hozircha 7ta gol urdingiz. Buni kutganmidingiz?
— Kutmagandim, ammo o'zimni yaxshi tomonlama ko'rsatishga harakat qildim.
— Goran Pandev bilan birga o'ynash haqida nima deysiz?
— Bu ajoyib. Undan ko'p narsa o'rganish mumkin va hozirgacha ko'p narsa o'rgandim.
— Bu mavsumdagi eng yodda qolgan golingiz qaysi?
— "Spetsiya" bilan bahsdagi gol, sababi o'sha o'yinda g'alaba qozongandik.