UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Manchester Siti»ning 35 yoshli darvozaboni so'nggi 10 yilda ilk marta maydonga tushdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109
"Manchester Siti" darvozaboni Skott Karson Angliya chempionatining 36-turi doirasida bo'lib o'tgan "Nyukasl"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etdi. Shu tariqa, 35 yoshli posbon naq 3645 kundan so'ng ilk marta Premer-liga doirasida maydonga tushdi.
"OptaJoe" tarqatgan xabarga ko'ra, Karson so'nggi marta 2011 yilning may oyida "Vest Bromvich"ga qarshi bahsda qatnashgan edi. Bu esa APL darvozabonlar uchun eng uzun "tanaffus" hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" Skottni 2019 yilda "Derbi Kaunti"dan ijaraga olgan edi.
Skott Karson shuncha vaqt davomida formasini yo'qotib qo'ymapti shekilli, kecha u o'z darvozasiga belgilangan 2ta penaltidan bittasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!