"Barselona" "Real Sosedad" hujumchisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138
"Real Sosedad" hujumchisi Aleksandr Isak yozda "Barselona"ga o'tishi mumkin, deb xabar berdi Marsa.
OAV xabarlariga ko'ra, "Barselona" hujumni chizig'ini kuchaytirish uchun Isakni sotib olishni o'ylamoqda. Qayd etilishicha, klub shvedga anchadan buyon qiziqib kelgan va u bilan fevralda shartnoma imzolashi mumkin edi.
Transfermarkt Isakni 30 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda 21 yoshli hujumchi Ispaniya chempionatida 32 o'yin o'tkazib, 14ta gol urgan va 2ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!