So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Suhrob Nurilloev: «Debyut golimni «Nasaf» muxlislariga bag'ishlayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90
Bugun OFK Kubogi “F” guruhi birinchi turida "Nasaf" Qirg'izistonning “Oloy” jamoasi bilan kuch sinashib, yakunda 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Bu bellashuvda jamoamiz safiga mavsum boshida kelib qo'shilgan Suhrob Nurilloev jamoa safida debyut golini urishga erishdi. Suhrob Nurilloev “Nasaf” safidagi ilk gol va uchrashuv haqida o'z fiklari bilan bo'lishdi.
“Avvalambor, jamoamizning barcha muxlislarini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Jamoa safida gol urib g'alabaga o'z hissamni qo'shganimdan juda ham xursandman. Bu golni ko'pdan buyon orziqib kutayotgan edim va bugun bunga erishdim. O'ylaymanki, keyingi bellashuvlarda ham gollar urib jamoamiz g'alabalariga o'z hissamni qo'shaman degan umiddaman”, — dedi Suhrob Nurilloev.