So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Dragan Cheran: "Gollar haqida o'ylamagandim, bu o'z-o'zidan ro'y berdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125
"Paxtakor"ning oxirgi ikki mavsumdagi to'purariga aylangan Dragan Cheran "Qo'qon-1912" bilan o'yindan oldin Gennadiy Krasnitskiy klubiga a'zolik nishonini qabul qildi. Bu nishon O'zbekiston chempionati va Kubogi, Osiyo klublar musobaqalarida 100ta gol urgan futbolchiga topshirib kelinadi. Shu munosabat bilan Dragan ushbu sovrin va yurtimizdagi faoliyati xususida savollarga javob berdi.
100tadan ortiq gol urib, Gennadiy Krasnitskiy klubiga a'zo bo'ldingiz. Bu bilan sizni tabriklaymiz.
- Bundan juda xursandman. O'zbekistondagi faoliyatimda yuztadan ortiq gol urgan holda katta futbolchilar qatoriga qo'shildim. Ularning qatorida ekanimdan baxtiyorman. O'z navbatida bu yana va yana gollar urishim uchun ishtiyoq beradi.
O'zbekistonga kelishdan avval faoliyatingiz shunchalik muvaffaqiyatli chiqishi haqida o'ylar bo'lganmi?
- Bu erga kelganimda gollar to'g'risida o'ylamagandim. Bu o'z-o'zidan ro'y berdi. Chunki juda yaxshi saviyali klublarda o'ynadim. O'ylashimcha, O'zbekistondagi eng kuchli ikki jamoa safida to'p tepdim.
O'tgan yili jamoada ijrochilar mahorati yuqori edi. Bu yil oldinda ko'proq yoshlar bilan o'ynayapsiz. Bu qanday kechmoqda?
- "Paxtakor"ning tarkibi o'tgan yilga nisbatan keskin o'zgargan. Yosh, kuch va ishtiyoqqa to'la yosh futbolchilar safimizda bor. Ular tufayli biz hamon yaxshi o'ynayapmiz va bu yo'ldan yurishni davom ettirishni istaymiz.