So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Pul muhim, ammo u klublarni chempion qilmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 238
Yaqindagina shov-shuvlarga sabab bo'lgan Superliga g'oyasining qanchalik ma'nosizligini ko'pchilik bilib ulgurdi. 20 ta jamoani ajoyib tarzda boyitish mantiqqa to'g'ri kelmasligini ko'pchilik tushunib etdi. Ayni dam katta pullarsiz ham natijalar ko'rsatayotgan jamoalar talaygina. Shunga biroz to'htalib o'tamiz.
Ushbu tizim doirasida millionlar ko'pincha bir klubdan boshqasiga aylanib yurishi aniq, ammo ko'pchilik uchun transfer balansi salbiy, qarzlar to'planib qolgan. Pandemiyadan ancha oldin futbol qancha pul ishlasa, shuncha pul ishlashga vaqt topolmadi. Bu bilan kurashish vaqti keldi, ammo vositalar mavjud, ammo UEFA va FIFAda ular o'zlarining daromadlari haqida qayg'uradilar, boshqalarning kreditlari bilan qiziqishmaydi. Biroq, pul faktori har doim ham ishlamaydi. "Reynjers" "Seltik" ni mag'lub etdi, garchi ikkinchisi boyroq bo'lsa ham.
"Sporting" imkoniyatlari bo'yicha "Benfika" va "Portu" dan kam, ammo yakunda ular chempion bo'ldi. Shuningdek, yana o'nlab bunday misollar bor. Keling, hammaga tushunarli bo'lishi uchun yaxshi bir misol keltirsak, "Barselona" klubi so'nggi 5 yil ichida transferlar uchun 1 milliardga yaqin pul sarfladi, ammo ular shu muddat ichida EChL finaliga ham etib kela olmadi va ohir-oqibat La Liganing so'nggi ikki mavsumini ham boy bermoqda. Futbolda faqat mablag sarflash emas, balki jamoa uchun kerakli futbolchilar bilan shartnoma imzolash muhim. "Inter" ham "Yuventus" ga qaraganda kamroq mablag' sarflaydi, ammo Kontening jamoasi Pirloning jamoasidan ayni damda kuchliroq. Biroz boshqacharoq misol keltiramiz,"Manchester Siti" De Bryuyne bilan 76 million evro, Zinchenko bilan 2 million evaziga shartnoma imzolagan, ammo ularning har biri Gvardiola uchun o'ziga xos ahamiyatga ega. G'oyalar pul bilan yonma-yon yuradi, bu juda zo'r, ammo futbol bu puldan iborat emas. Shunday bo'lsa, PSJdek boy klub turganda, ulardan ancha-muncha kamtarroq "Lill" chempionlikni qo'lga kiritish uchun asosiy da'vogar bo'lmas edi.
Oddiy misollarda ham buni ko'rsak bo'ladi. Bazi klublar o'z maqsadlariga millionlab pul sarflab etishsa, ayrim klublar shunchaka to'g'ri ishlarni amalga oshirib ham buni uddalay oladi. Boy klublarning ko'pchiligi kuchli, ammo ayni dam faqat ulargina kuchli emas. Pul evaziga futbolchilar sotib olsa bo'ladi, ammo yorqin o'yin va natijalar sotib olinmaydi, sotilmaydi ham.
Xudayqulov KARIM tayyorladi