So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Inter» futbolchilari mojaroga aralashib qolishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151
«Inter»ning ba'zi o'yinchilari koronavirusga qarshi qoidalarni buzgani uchun jazolanishgan.
Romelu Lukaku, Ashraf Xakimi, Ivan Perishich va Eshli Yang Belgiyalikning 28 yoshga to'lgani munosabati bilan tu’g'ilgan kunni nishonlash uchun 12 maydan 13 mayga o'tar kechasi Milandagi «Milano Duomo» maydoniga yig'ilishgan.
Shahardagilar shikoyatidan so'ng, politsiya tungi soat uchlarda ziyofatga etib kelgan. Tadbirda jami 24 kishi, jumladan, ziyofatni uyushtirgan mehmonxona restorani menejeri ham bo'lgan.
Tafsilotlarga ko'ra, barcha ishtirokchilar jarimaga tortilganlar.
Oldinroq, «Yuventus» futbolchilari bilan xuddi shunday vaziyat ro'y bergan edi. Unda Turin klubi yarim himoyachisi Ueston Makkennining villasida yig'ilish o'tkazilgan.
Manba: Corriere della Sera