So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bahromjon Haydarov: “Surxon” 7-8-o'rinlar uchun kurashadi”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104
Coca Cola Superliga 8-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Surxon” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Surxon” jamoasi murabbiyi Bahromjon Haydarov qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.
- To'g'ri, bugun yutqazdik, lekin mag'lubiyatga loyiq emasdik. Ikki bo'limda teng o'yin bo'ldi. To'p nazoratini “Navbahor”ga berishni mo'ljallagandik. Futbolda qaysi jamoa imkoniyatidan foydalansa, g'alaba unga nasib etadi. Bizda ham vaziyatlar bo'ldi. G'alaba qozonishni xohlagandik. Qachonki, imkoniyatlardan foydalansak, shundagina natija bo'ladi. “Navbahor” legionerlari individual mahoratlari evaziga gol urib, mezbonlarning g'alabasiga munosib hissa qo'shishdi.
Hamma ko'rib turibdi, ikki turdan beri yigitlarning jismoniy holatlari va o'yinlariga e'tiroz bo'lmadi. Shunchaki, kontsentratsiyani yo'qotish tufayli imkoniyatni boy beryapmiz. Jamoa yomon o'ynamayapti, futbolchilarga mahorat etishmayapti. O'yinni o'ziga oladigan futbolchi topilmayapti. Bu borada ko'p ishlayapmiz, lekin baribir, mahoratli o'yinchi hech bo'lmaganda, 4 ta imkoniyatdan bittasini golga aylantiradi. Tarkibimizda bunday salohiyatga ega futbolchi yo'q demoqchimasman. Keyingi o'yinlarda omad kelishiga ishonamiz.
Ko'p jamoalarda moliyaviy qiyinchiliklar borligini ko'ryapmiz. Natijada mahoratli futbolchilar xorijga yo'l olishmoqda. “Nasaf”, “Bunyodkor” kabi jamoalar akademiya tarbiyalanuvchilari hisobiga tarkibni shakllantirib olishyapti. “Surxon”da esa mahoratli futbolchilar kamligi tufayli tarkib tuzish qiyin kechdi. Hozirgi jamoamiz ham yomon emas, Superligada o'rtamiyonadan yuqoriroq saviyada ekanligi aniq. Tarkibni shakllantirish uchun vaqt kerak, lekin bunga vaqt ham yo'q. Keyingi o'yinlarda omadimiz kulib boqadi, degan umiddaman.
Barcha jamoalarni o'rganib chiqyapmiz. Murabbiy sifatida emas, “Surxon” jamoasiga tashqaridan baho bersam, jamoa o'rta pog'onalarni egallashiga ishonaman. Tarkibni kuchaytiramiz. Ishonchim komilki, mavsum o'rtalarida 7-8-o'rinlar uchun kurashamiz.
“Surxon”ning tiklanganiga 4 yil bo'ldi, ota-onalar farzandlarini endi shu jamoaga berishga intilishmoqda. Avvallari yosh iqtidorlar boshqa jamoaga ketib qolishardi. Endi bu jarayon boshqacha kechadi. Fursatdan foydalanib, barchani Ramazon hayiti bilan tabriklayman.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.