So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
APL. «Chelsi» «London derbisi»da «Arsenal»ga yutqazdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156
Angliya Premer-ligasi 36-turi doirasida «Chelsi» «Arsenal» bilan ro'baru keldi. «Stemford Bridj» o'yin gohida kechgan bahs, "kanonirlar"ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
«London derbisi»da qayd etilgan yagonaga golga Smit-Rou mualliflik qildi. Futbolchi Obameyangning uzatmasidan unumli foydalandi. Yakunda hisob o'zgarmadi va kichik mag'lubiyatsiz seriya qayd etib kelayotgan London jamoasi, boshqa bir London klubi tomonidan taslim etildi.
Shu tariqa, derbida g'alaba qozongan "kanonirlar" ochkolari sonini 55 taga etkazib olgan holda, sakkizinchi o'ringa joylashishdi. Bugungacha hisobida 64 ochkosi bo'lgan "aristokratlar" hisobida esa 64 ochko mavjud.
«Chelsi» – «Arsenal» 0:1 (0:1, 0:0). «Stemford Bridj»
Gol: 0:1 – 16 Smit Rou.
«Chelsi» – Arrisabalaga, Chiluell, Tiago Silva, Zuma, Jeyms, Maunt, Gilmor (Xadson-Odoi, 46), Pulishich, Jorjino, Xavertts (Jiru, 65), Aspilikueta (Ziesh, 78).
«Arsenal» – Leno, Gabriel, Xolding, Mari, Tirni, Smit Rou, El-Nenni, Saka (Belerin, 66; Chembers, 88), Edegor, Parti, Obameyang (Lyakazett, 79).
Ogohlantirishlar: Parti (90).
Manba: stadion.uz