So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Atletiko» o'z uyida g'alaba qozonib, chempionlik uchun kurashni munosib davom ettirdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179
«Atletiko» o'zining navbatdagi yurishini mavaffaqqiyatli amalga oshirdi.
Ispaniya La Ligasi 36-turidan o'rin olgan «Atletiko»- «Real Sosedad» uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi. «Vanda Metropolitano» o'yingohida kechgan bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan nihoyalandi.
Dastlab, «matraschilar» vakili Yannik Karrasko standart vaziyatdan so'ng, hisobni ochgan bo'lsa, keyinchalik Anxel Korrea raqib darvozasiga ikkinchi to'pni kiritdi.
Bahs yakuniga etib borayotgan bir pallada mehmonlar a'zosi Elorsa Subeldia o'zi goli bilan o'rtadagi farqni qisqartirdi.
Lekin bu gol Sosedadliklarga ochko olib kelmadi. Yakunda hisob o'zgarmadi va Madrid jamoasi chempionlik poygasidagi navbatdagi to'siqdan ko'ngildagidek o'tib oldi.
Shu tariqa, bugungi uchrashuvdan so'ng, 3 ochkoni qo'lga kiritgan «Atletiko» o'z ochkolari sonini 80 taga etkazib olgan holda peshqadamlikni mustahkamlab oldi. Bugungacha 56 ochko jamg'argan «Real Sosedad» esa beshinchi pog'onadan joy olgan.
«Atletiko» – «Real Sosedad» 2:1 (2:0, 0:1). «Vanda Metropolitano»
Gollar: 1:0 – 16 Karrasko, 2:0 – 28 Korrea, 2:1 – 83 Subeldiya.
«Atletiko» – Oblak, Savich, Tripper, Ermoso, Felipe, Saul (Kondogbia, 73), Karrasko, Lorente, Koke, Korrea (Joau Feliks, 73), Suares (Lodi, 81).
«Real Sosedad» – Remiro, Monreal (Lopes, 59), Saldua, Elustondo (Subeldiya, 69), Sanyan (Pacheko, 59), Oyarsabal (Merkelans, 69), Subimendi, Barrenechea, Guridi, Portu, Isak (Bautista, 46).
Manba: stadion.uz