So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
MOQ rahbari emlash jarayonidan so'ng dzyudochilarimiz bilan uchrashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etuvchi delegatsiyamiz a'zolarini koronavirusga qarshi emlash ishlari olib borilmoqda. Bugun reja bo'yicha dzyudo bo'yicha terma jamoamizning asosiy vakillari vaktsinatsiya qilindi.
Delegatsiyamizning bayroqdor jamoalaridan birining emlanishi MOQ rahbariyati nigohida bo'ldi. Jarayonni tashkilot raisi Rustam Shoabdurahmonov, Bosh kotib Oybek Kasimov va MOQ raisining o'rinbosari Saken Polatov kuzatib borishdi.
Shundan so'ng MOQ raisi jamoamiz a'zolari bilan ko'rishdi. MOQ Majlislar zalida o'tgan uchrashuvda Rustam Shoabdurahmonov sportchilarimiz bilan yaqindan gaplashdi va ulardan hol-ahvol so'radi, yaqin rejalari bilan tanishdi.
Qayd etish joiz, dzyudochilarimizni oldinda Olimpiadadan avval iyun oyida Budapeshtda (Vengriya) o'tadigan jahon chempionati kutib turibdi. Shundan so'ng Olimpiya o'yinlari uchun reyting ochkolarini yig'ish davri yakunlanadi.
Hozirda erkaklar terma jamoamiz to'liq tarkibda, ayollar jamoasida esa 2 nafar vakilimiz litsenzion hududda turibdi.
Manba: @OlympicUz