So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Rasman: "Manchester Siti" futbolchisi Ispaniya fuqaroligini qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118
"Manchester Siti" himoyachisi Emerik Lyaport rasman Ispaniya terma jamoasida o'ynash huquqini qo'lga kiritdi.
26 yoshli o'yinchining mahalliylashtirilishi Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlandi. Emerik Ispaniya fuqaroligiga ega bo'ldi va hujjatlar bugun rasmiylashtirildi.
Futbolchi Frantsiyada tavallud topgan, lekin uning ildizi basklarga borib taqaladi. Lyaport professional faoliyatini "Atletik Bilbao"da boshlagan va 2018 yilning yanvarida 57 mln funt evaziga "Manchester Siti"ga borib qo'shilgan.
Lyaport Frantsiyaning asosiy terma jamoasida birorta o'yinda maydonga tushmagan, lekin yoshlar jamoasida maydonnga tushgan. Shunga qaramay, FIFA unga futbol fuqaroligini o'zgartirishga ruxsat berdi.
Bir necha hafta oldin, Ispaniya terma jamoasi ustozi Luis Enrike mamlakat Futbol Federatsiyasiga Lyaportning mahalliylashtirilishi masalasida imkon bor yoki yo'qligini o'rganishini so'ragandi.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda "Manchester Siti"ning 27 o'yinida harakat qildi.
Manba: Marca