So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Meyson Grinvud Evro-2020da yana terma jamoa safiga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Meyson Grinvud yozda bo'ladigan Evropa chempionatida ishtirok etishi mumkin. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt u haqida iliq fikrlar bildirib, "u o'yinni qisqa muddat ichida o'zgartirib yubora oladigan kuchga ega" deb alohida ta'kidladi.
19 yoshli forvard terma jamoa safida Islandiya MTJga qarshi, oxirgi marotaba o'tgan yilning sentyabr oyida maydonga tushgan. Shundan so'ng, «Manchester Siti» futbolchisi Fill Foden bilan terma jamoa turgan mehmonxonaga qizlarni taklif qilganligi tufayli, karantin protokollarini buzganlikda ayblanib, terma jamoa safidan chiqarib yuborilgandi.
Yakshanba kuni "Aston Villa"ga qarshi safar o'yinida, Grinvud gol urib, jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi. Bahsni tribunadan jonli kuzatgan Garet Sautgeyt o'yindan so'ng, yosh hujumchini yana terma jamoa safida ko'rish niyatida ekanligini yashirib o'tirmadi.
Eslatib o'tamiz, Grinvud barcha turnirlarda so'nggi 11 o'yinda 7 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.