So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ikrom Aliboev: «Uzoq tanaffusdan keyin maydonga qaytganimdan yosh boladek xursand bo'ldim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149
Janubiy Koreyaning ikkinchi Key liga 11-turi doirasida «Tejon Sitizen» klubi safarda «Busan Ay'Park» jamoasi mehmoni bo'lib, 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O'zbekistonlik futbolchi Ikrom Aliboev mehmonlar safida bahsning 65-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Bu paytda "Tejon" 1:3 hisobida ortda borayotgandi. Vatandoshimiz jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qola olmagan bo'lsa-da, u uzoq tanaffusdan so'ng ilk marta maydonga qaytdi.
Aliboev bundan xursand ekanini instagram orqali ma'lum qildi.
"Kechagi o'yin natijasi biz uchun juda ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi, lekin men uchun unutilmas kun bo'ldi. Uzoq tanaffusdan so'ng yana maydonga qaytdim, alhamdulillah. Shu vaqt ichida hayotimda ko'p voqealar sodir bo'ldi, men hamma narsani unutdim va hammasini qaytadan boshladim, kecha men yosh boladek xursand bo'ldim, bu qaytish men uchun katta ahamiyatga ega. Bu qaytishni faqat menga yaqin odamlar biladi, buning ortida nima bor, qancha qiyinchiliklar va qancha mehnat bor. Hammasi uchun rahmat. Mening oilam, murabbiylar va do'stlarim".
A post shared by Ikromjon (@alibaev_9)
Manba: www.stadion.uz.