So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Jasur Abduraimov: «Bugun futbolchilar ko'rsatmalarni bekamu ko'st bajarishdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133
Superliganing sakkizinchi turidan o'rin olgan "Lokomotiv" — "Metallurg" (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiy Jasur Abduraimov fikrlarini bildirib o'tdi.
— O'yin yaxshi bo'ldi. "Lokomotiv" tarkibida yaxshi saviyadagi futbolchilar yig'ilgan. G'alaba qozonganimizdan xursandman. O'tgan turda "So'g'diyona"ga o'z maydonimizda ikkita standartdan o'tkazib yuborilgan gol evaziga mag'lub bo'lgandik. Bugun o'yinning boshidan oxirigacha taktik kurash kechdi. Yigitlarga iroda ko'rsatishgani uchun rahmat aytaman.
— Siz "Paxtakor"da qisqa vaqt ishlagan paytingizda futbolchilar kam sonli vaziyatlardan foydalanib, gol urib ketishardi. Bugun ham "Metallurg" pragmatik o'yin ko'rsatgan holda o'zi yaratgan vaziyatlardan foydalanib, g'alaba qozondi. Bu sizning himoyaviy o'yinni yo'lga qo'yayotganingizni anglatadimi?
— Evropa futbolida ham ko'ryapsiz, futbolda birinchi o'rinda natija turadi. Mening fikrimcha, bu himoyaviy o'yin emas. Bugun ko'proq oldinga harakatlandik.
— Evgeniy Makeev birinchi davradan so'ng jamoadan ketishi mumkinmi?
— Ketadi. Men o'zim bu narsani uchinchi marotaba aytmoqdaman. Millatchi emasman. Nomiga qaramayman. Ruslarni ham, o'zbeklarni ham birdek qabul qilaman. O'zbek futbolchisi bo'lsa ham talabga javob bersa, o'ynaydi. Agarda legioner talabga javob bermasa, o'ynamaydi. Makeev yaxshi futbolchi va inson. Agarda vaziyat 50/50 bo'lsa, yoshlarga imkon beraman. Mana bugun ham gollarni 21, 22 yoshli futbolchilar urishdi. Legioner bir bosh ustun bo'lsa, o'ynaydi. Xorijlik o'yinchida sifat ko'zga tashlanishi kerak. G'ofurbekovda sifat bor.
— Jamoa etakchisi Kamoliddin Tojievda jarohat bormi?
— U jarohat olgandi. Boz ustiga bunday yoshda futbolchiga tiklanish osonmas. Kamoliddin bugun so'nggi daqiqalarda kerak edi, tushirdik. Keyingi o'yinlarda albatta uning tajribasiga tayanamiz. Tojiev – asosiy tarkib futbolchisi.
— Yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoaga o'zingiz istagan futbolchini olib kelish niyatingiz bormi? Ikkinchi savolim murabbiylar aksariyat hollarda o'yindan keyin hakamlarga tosh otgan holda o'z aybini yashirishga urinishmoqda. Bugungi hakamlik haqida fikringiz qanday?
— Birinchi savolingizga javob – kim "Metallurg"ga kelishni o'zi istasa, olib kelamiz. Yoshini esa ahamiyati yo'q. Hozirning o'zida 8-10 nafar futbolchi jamoamizda o'ynashni istamoqda. Raqobat bo'lishi uchun har bir chiziqda ikkita futbolchi bo'lishi lozim.
Ikkinchi savolingizga kelsak, bir marotaba e'tiroz bildirdim. "Paxtakor" bilan o'yinda 3 metrlik ofsaydni ko'rishmadi. "So'g'diyona"ga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo'limida 15 daqiqa o'ynadik xolos. O'yinda kamroq to'xtalishlar qilish darkor. Men nazoratchi emas, oddiy murabbiyman. Futbolchilar mehnat qilishyapti. Bugungi kunda natija murabbiyning taqdirini hal qilmoqda. To'g'ri, hamma ham xato qiladi. Lekin yaqqol xatolarni tushunmayman. Hakamlar ham ozgina o'ylashsin. VAR'ga qarash uchun yarim soat vaqt sarflashmasin.