So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ulug'bek Baqoev: «Raqib o'yini menga yoqdi, shunchaki biz vaziyatlardan foydalandik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96
"So'g'diyona" - "Andijon" uchrashuvidan (4:1) so'ng mezbonlar ustozi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Andijon» musobaqa jadvalida quyi pog'onalarda bormoqda. Lekin baribir oxirgi o'yinlarda g'alabalar qiyinchilik bilan qo'lga kiritilmoqda. To'g'ri hisob yirik bo'ldi, ammo oson bo'lgani yo'q. Chiroyli gollar urdik, yigitlarga rahmat aytaman. Keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.
«Andijon» o'tgan tur o'z maydonida «Qo'qon-1912»ga yutqazib qo'yganidan keyin balki futbolchilarda ruhiy muammo bo'lgandir. O'shanda bugungi raqibimiz 0:2 hisobidan keyin durangga erishishi ham mumkin edi. Biroq penaltidan gol ura olishmagandi. Bugun o'yindan oldin g'alaba qozonishimizga hech qanday kafolat yo'q edi. Har bir keyingi bahs oldingisidan qiyin o'taveradi.
Mavsumning boshida ham kuchli klublarga qarshi o'ynadik. «Navbahor», «Metallurg» kabi klublar ham kuchli. «Mash'al» bilan durang o'ynadik, masalan. Kuchli va kuchsiz jamoalar yo'q, chempionat bor va har bir bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.
Futbolchilarning jismoniy holatini doim yuqori darajada ushlab turish og'ir, shu bois o'zgarishlar qilib ularga dam berayapmiz. Kim bugungi kunda ko'proq tayyor bo'lsa o'sha maydonga tushmoqda.
«Andijon»da ham vaziyatlar bo'ldi, ikki marta to'sinni poylashdi. To'p nazorati anchagina yuqori darajada. Raqib o'yini menga yoqdi, shunchaki biz vaziyatlardan foydalandik, ular esa gol ura olishmadi. Futbolda har bir vaziyatni golga aylantirib bo'lmaydi.
Transfer oynasi ochilganidan keyin bizga yangi futbolchilar kerakmi yoki yo'qmi o'ylab ko'ramiz. Hozir tarkibimizdagi barcha maydonga tushishga haqli. Ulardan 11 nafar futbolchigina asosiy tarkibda maydonga tusha oladi xolos", - deydi Ulug'bek Baqoev.