So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Angliya Premer Ligasining yangi mavsumi qachon boshlanishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 181
Angliya Premer Ligasining 2021/2022 yilgi mavsumi qachon boshlanish ma'lum bo'ldi.
Liga rasmiy saytining yozishicha, yangi mavsum 2021 yilning 14 avgustida start oladi. Musobaqaning to'liq taqvimi esa 16 iyun sanasida e'lon qilinadi. Premer Liga 2021/22 yilgi mavsumda ham o'z ichiga 380 uchrashuvni oladi va 2022 yilning 22 may sanasida o'z yakuniga etadi.
2020/2021 yilgi mavsumda «Manchester Siti» 35-turdan so'ng 80 ochko bilan etakchilik qilmoqda. «Shaharliklar» chempionlikni qo'lga kiritishi uchun qolgan uch o'yindan birida g'alaba qozonsa etarli bo'ladi. Shuningdek, ikkinchi o'rindagi «Manchester Yunayted»ning ochko yo'qotishi ham jamoaga chempionlikni taqdim etadi.
Avvalroq «Sheffild Yunayted» va «Vest Bromvich»ning mavsum so'ngida Chempionshipga tushib ketishi ma'lum bo'lgandi. «Norvich» va «Uotford» esa yangi mavsumni yuqori divizionda boshlaydi.