Levandovski 200lik marradan oshdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119
«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski Menxengladbaxning «Borussiya» klubiga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etdi.
Shu tariqa polshalik futbolchi myunxenliklar safida Germaniya chempionati doirasida 201-golini urdi. U Bundesliga tarixida bir klub safida 200tadan oshiq gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Birinchisi «Bavariya»ning afsonaviy hujumchisi Gerd Myullerdir. U Myunxen jamoasi safida 365ta gol urgan.
Shuningdek, «Borussiya» bilan bo'lgan bahsda Levandovski Germaniya chempionatlaridagi eng tezkor golini urdi. Robert menxengladbaxliklar darvozasini ishg'ol qilganida soat millari 1 daqiqayu 53 soniyani ko'rsatib turgandi.
Manba: interfutbol.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!