So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Olimpik» sardori: «Pro liga joriy yilda ancha o'sishga erishdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136
Joriy mavsum Pro ligada debyut qilayotgan "Olimpik" klubi qisqa vaqt ichida muxlislar e'tiborini qozona oldi. Jamoa qayd etayotgan natijalar va namoyish qilayotgan o'yin ham ko'pchilikka manzur kelyapti, desak mubolag'a bo'lmaydi. Bu borada jamoa sardori Behzod Shamsiev ham so'zlarimizga qo'shilgan holda o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
— Beshta tur ortda qoldi. Shundan kelib chiqib Pro liga bahslari haqida nima deya olasiz?
— Pro liga joriy yilda ancha o'sishga erishdi, deb o'ylayman. Oldinga siljish kuzatildi. Kubok bahslariga ham e'tibor bergan bo'lsangiz Pro liga jamoalari Superliga klublariga yaxshigina boshog'riq bo'la oldi. 9ta jamoaning har biri elitaga chiqishga harakat qiladi. Har bir o'yinga maksimal darajada tayyorgarlik ko'rish kerak. Chunki jamoalarning darajasi bir-biriga yaqin.
— «Olimpik» jamoasiga kelish tarixi qanday bo'lgan?
— Bu jamoaga kelishimga asosiy sababchilardan biri Timur aka Kapadze hisoblanadi. «Paxtakor»ga ham shunchalik tarbiyalagani uchun rahmat aytaman. Jamoada men to'p tepadigan pozitsiyada raqobat kuchli edi. Menga esa o'yin amaliyoti kerak bo'lgani uchun «Olimpik»ga o'tishga rozi bo'ldim. Klubda sharoitlar juda yaxshi. Men bilgan murabbiylar faoliyat olib bormoqda.
— Pro ligada «Olimpik» uchun asosiy raqobatchi jamoalar kimlar?
— Asosiy raqobatchi jamoalar «Buxoro», «Neftchi» va «Dinamo»ni ayta olaman. Ularning darajasi Superliga klublaridan qolishmaydi. Tarkibida tajribali futbolchilar yig'ilgan. Ularning orasiga «Xorazm»ni ham qo'shishim mumkin.
— Jamoada ichki muhit qanday?
— Hammasi yaxshi. Murabbiylar va futbolchilar orasida munosabat a'lo darajada. Qiyin vaziyatlarda bir-birimizga yordam beryapmiz. Mashg'ulotlar quvnoq kayfiyatda o'tadi.