So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Mojaro: Mayorga Ronaldudan katta pul talab qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 370
Eski mojaro yana yangilandi - amerikalik taniqli model Ketrin Mayorga eski da'vosini jonlantirdi. Eslatma, u Krishtianu Ronalduni nomusini toptaganlikda ayblamoqda. Endilikda Mayorganing bu boradagi talabi ham tayin - 56 million funt sterling miqdorida tovon puli. Vaholanki, prokuratura avvalgi shikoyatga asosan barchasini o'rganib chiqqan va portugaliyalik futbolchi tajovuz ishlatmaganini qayd etgandi. Diqqatga sazovor tomoni, 56 million - bu futbolchining naq 2 yillik maoshi...
Ha, o'tgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda amerikalik modelning Krishtianu Ronalduga qarshi qayta da'vo ochganiyu, to'plangan sud hujjatlaridan ayrim ko'chirmalar paydo bo'ldi. Xususan, endi Ketrin Mayorganing portugaliyalik futbolchidan qancha miqdorda kompensatsiya talab qilayotgani ma'lum. Eslatish kerak, u bir necha yil oldin Portugaliya futboli afsonasini jinsiy zo'ravonlikda ayblagandi. Unga muvofiq, Ronaldu 2009 yilning iyun oyida, Las-Vegasda Mayorgaga nisbatan jinsiy tajovuz ishlatgan. Ketrin hamon futbol yulduzi bilan Palms Casino Resort mehmonxonasining tungi klubi VIP-hududida uchrashganini aytmoqda. Krishtianu shundan so'ng Mayorgani Las-Vegas-Strip manzarasidan bahra olish uchun shaxsiy pentxausi (Palms Casino Resort mehmonxonasining 57306-xonasi) taklif qiladi. Ketrinning iddaosiga ko'ra, u xonada girdomassaj vannasiga tushishdan bosh tortgan. Xullas, barchasi futbolchining jinsiy zo'ravonligi bilan nihoyasiga etgan.
Mayorga ertasigayoq Las-Vegas politsiyasiga murojaat qilgan, faqat kim zo'rlaganini yashirgan. 2010 yilning yanvar oyida tomonlar barchasini oshkor qilmaslik yuzasidan kelishuvga keladilar. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, Krishtianu buning uchun Ketringa 375 ming dollar to'lagan. Endi Mayorga jinoyat ishida ushbu holatni hisobga olmaslikni so'ramoqda: "Ochig'i, o'sha vaqtda aqlim joyida emasdi, chunki ruhiy stressdan qutulmagandim".
Qisqasi, yaqinda e'lon qilingan hujjatlarga muvofiq aytsak, Mayorga futbolchidan jami 56,5 million funt sterling undirmoqchi: 18 million - "o'tmishdagi qiynoq va azob uchun", 18 million - "voqeadan keyingi azob va ezilishlar uchun", 18 million - ma'naviy zarar uchun, 1,1 million - sud xarajati uchun va 1,4 million - xarajat uchun tovon puli.
Ronalduga kelsak, u ayblovni qat'iy ravishda inkor etmoqda. Portugaliyalik yulduzning aytishicha, u Mayorgani zo'rlagan emas. Qolaversa, Nevada shtati Klark okrugi prokuraturasi 2019 yili Krishtianuga qarshi jinoiy ish qo'zg'atmasligini ma'lum qilgandi. "Shu vaqtga qadar taqdim etilgan ma'lumotlarga asosan Ronalduga qarshi ish ochish uchun etarli dalillar mavjud emas. Demakki, rasmiy ayblov ilgari surilmaydi", - deyilgandi prokuratura bayonotida. Endi nima bo'lishi esa, vaqt hukmida...
H.MASAIDOV tayyorladi
Manba: interfutbol.uz