64 yillik tanaffusdan so'ng yana "Milan"ga xorijlik sardor tayinlandi

64 yil ichida birinchi marta "Milan" sardori xorijlik futbolchi bo'ladi.
Jamoaning yangi sardori etib frantsiyalik darvozabon Mayk Menyan tayinlandi.
Bunday sharafga sazovor bo'lgan oxirgi italiyalik bo'lmagan futbolchi 1961 yilda shved Nils Lidxolm edi.